current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Erkala lyrics
Erkala lyrics
turnover time:2024-09-17 13:12:14
Erkala lyrics

Tunlari meni erkalasang,

Sochlarim shamol kabi silasang,

Sevging faqat menga aylasang,

Men samolarda parvoz etaman!

Ko‘zlaring ko‘rar meni faqat,

Shirin kechalar - bilki! - muhabbat!

Bir zum ko‘r(ish)masak, qilmaysan toqat,

Men samolarda parvoz etaman!

Erkala sochlarimni mayin,

Erkala, men parvoz etayin,

Erkala kechalar tinmayin,

Jonim, meni!

Nigohing, bag‘ring men uchun dunyo,

Erkalashlaring sog‘inchga davo,

Sening borliging - umrimda ma’no,

Men samolarda parvoz etaman!

Tunlari meni erkalasang,

Sochlarim shamol kabi silasang,

Sevgini faqat menga aylasang,

Men samolarda parvoz etaman!

Erkala sochlarimni mayin,

Erkala, men parvoz etayin,

Erkala kechalar tinmay,

Jonim, meni!

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by