Do’stimni esladim,
Diydorin qo’msadim,
Yaxshi-yomon kunda
Birga edik, do’st.
Orzu yo’limizda
Toshlardan yurardik,
Omading kelganda
Osmon bo’lding, ey do’st.
Do’st.
Hayot o’zi shunday –
Do’sting ko’p, zo’r bo’lsa,
Ostonangda go’yo
Begonaman, do’st.
Obro’ deb chin do’stni
Ko’nglini og’ritsang,
Qolar atrofingda
Yolg’on dunyo, ey do’st.
Do’st.
Qayda bo’lsang har on
Mayli bo’lgin omon,
Sen uchun men yomon,
Aybim nima, do’st?
Kelgan omadimmi?
Rostin aytganimmi?
Nima tinch qo’ymaydi
G’ururingni, ey do’st?
Do’st.