current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Чистые пруды [Chistye prudy] [Uzbek translation]
Чистые пруды [Chistye prudy] [Uzbek translation]
turnover time:2024-09-28 17:26:16
Чистые пруды [Chistye prudy] [Uzbek translation]

Har kimning bu dunyoda bordir aziz makoni,

Qaylarga qaytamiz biz bir on yolg'iz qolgani,

U yerlarda xotira xuddi bir misra noma,

Bo'lar malham va davo dillar sog'inchga to'la.

Iboli majnuntollar, tiniq havzalar,

Suv oldida qizlar kabi jimgina tinar,

Toza soylar, qadrdon moviy tushlar,

Olis sohil bolaligim,

Yangrar navolar.

Men shosharman u yerga, mehr to'la nur qayda,

Xuddi quyosh yog'dusi qayiqlar suzar suvda,

Bu yerdan biz qachonlar chiqdik hayot yo'liga,

Yana men bu yerdaman, sen ham kelarsan qayta.

Iboli majnuntollar, tiniq havzalar,

Suv oldida qizlar kabi jimgina tinar,

Toza soylar, qadrdon moviy tushlar,

Olis sohil bolaligim,

Yangrar navolar.

Bir kuni o'tarsan bu ko'chalardan,

Balkim uchrasharmiz xotiralarda.

Qadrdon chehralar aksi suvlarda,

Bo'lar shifo va taskin dardli qalblarga.

Iboli majnuntollar, tiniq havzalar,

Suv oldida qizlar kabi jimgina tinar,

Toza soylar, qadrdon moviy tushlar,

Olis sohil bolaligim,

Yangrar navolar.

Har kimning bu dunyoda bordir aziz makoni,

Yillar osha biz uchun qimmatli va qadrli,

U yerda bor sokinlik, tinchlik va xotirjamlik,

Qaytar bir on bo'lsa-da baxt-saodat va yoshlik.

Iboli majnuntollar, tiniq havzalar,

Suv oldida qizlar kabi jimgina tinar,

Toza soylar, qadrdon moviy tushlar,

Olis sohil bolaligim,

Yangrar navolar.

-----------------------------------

Muhamedova Sh. Sh.

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by