Bugun angladim meni sevmaganingni
Faqat sen tanigan yaqinlardan biriman
Bugun angladim meni sevmaganingni
Faqat ko'nikkanlaringdan biriman
Xafaman jonim ammo o'zimdan
Gap uqtirolmadim shu qaysar ko'nglimga
Xafaman jonim ammo o'zimdan
Senga bog'lanib qolgan shu baxtsiz ko'nglimdan
Ket, iltimos, amallab unutaman
Azoblar men-la qolsin, dunyo seniki bo'lsin
Ket, iltimos, amallab ko'nikaman
Qayg'ular menga qolsin, baxt seniki bo'lsin
Bugun angladim senga oid emasman
Faqat ismini bilganlaringdan biriman
Bugun angladim meni sevmaganingni
So'ngiga kelganimni, hammasi tugaganini...