current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Bu ko‘prik [Russian translation]
Bu ko‘prik [Russian translation]
turnover time:2024-07-08 11:44:43
Bu ko‘prik [Russian translation]

Yo rab... o'tar bu ko'prikdan jamiki jonzod,

Chumolidan tortib fillar ham o'tar.

Sultonlar o'tadi goh shod, goh noshod,

Zanjirlarin sudrab qullar ham o'tar.

Elchilarga o'xshab turfa zamondan,

Shaloq aravalar, "mers"lar o'tadi.

Ro'baro' kelishib ikki tomondan,

Bir-biriga tamom terslar o'tadi.

Oliftalar o'tar g'arib siyrati,

Botirlar o'tadi - qalbida o'tlar.

Beshiklar o'tadi - dunyo ziynati,

O'tadi lapanglab, vazmin tobutlar.(×2)

Muttasil bu yo'lda keladi to'qnash,

Nur bilan zulumot, o'lim va hayot.

Bu ko'prik olamning o'ziga o'xshash,

Bir farqi - sohibi ixtiyorsiz zot.

Ko'prik ostidagi jo'sh urgan daryo,

Suv emas - o'tganlar taxir ko'z yoshi.

Har neni ko'targan bir o'zi tanho,

Bor na ta'mirchisi, na bir yukdoshi.

Bu ko'prik, bu ko'prik qulasa agar,

Ne hislar qolardi sarson - sargardon.

Garchi qismatida bor qancha xatar,

Har nechuk bariga u balogardon...

Bu ko'prik, bu ko'prik qulasa agar,

Ne hislar qolardi sarson - sargardon.

Yo sulton bo‘l, yo bir oddiy bir dehqon

Hammani teng birday olib ketadi...(×2)

Bu ko'prik, bu ko'prik qulasa agar,

Ne hislar qolardi sarson - sargardon.

Yo sulton bo‘l, yo bir oddiy bir dehqon,

Bizdan so‘ramaydi olib ketadi...

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Yulduz Usmonova
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Russian, Tajik, Uzbek dialects
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.yulduz.uz/
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Yulduz_Usmonova
Yulduz Usmonova
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved