current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Bizlarni avf et! lyrics
Bizlarni avf et! lyrics
turnover time:2024-07-03 08:39:02
Bizlarni avf et! lyrics

Biz qudrating oldida bechoramiz, rost

Kutilmagan, ko'rinmas baloni daf et!

Sonsiz gunohlar uchun olmagin qasos

Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et!

Toju taxt, dunyo talash odamzod uchun

Baloning ham tojdorli yubording bugun

Ahvolomiz ayanchli, holimiz yukun

Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et!

Osiylarga yuborgan ajdaringmi bu?

Yo g'ofil qalbga sanchgan xanjaringmi bu?

Nopoklikka qarshi yo lashkaringmi bu?

Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et!

              Naqarot:

Yagonam, Yagonam bizlarni avf et!

Yagonam, Yagonam bizlarni avf et!

Yagonam, Ollohim bizlarni avf et!

Avf et! Avf et!

Chigal dunyo ishlari yecholmas bir bek,

Davosiz dardga Sensiz qo'yolmaydi chek.

To'g'ri, ajaldan aslo qochib bo'lmas, lek

Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et!

Yerda ulovlar, ko'kda uchoqlar qani?

To'y, bayramga atalgan o'choqlar qani?

Mehr bilan ochilgan quchoqlar qani?

Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et!

                   Naqarot

Afsus, seni unutib shodon bandangmiz

Biz notavon, biz noshud, yomon bandangmiz

Faqat g'amda eslovchi nodon bandangmiz

Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et!

Tushda maktabin ko'rib bolam uxlaydi,

Onajoni bag'rinda bag'rin tig'laydi,

Ko'ngli masjid kabi bo'sh otam yig'laydi,

Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et!

                  Naqarot

Buni sensiz eplolmas mohirlaring ham,

Taqdir deb jim, har nega qodirlaring ham,

Botirligin unutdi botitlaring ham,

Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et!

Dardlar yosharib borar, orzular qarib,

Bugun suratlar go'zal, siratlar g'arib,

Huzuringga bosh urdik najot axtarib,

Bizni avf et Yagonam, bizlarni avf et!

              Naqarot:

Yagonam, Yagonam bizlarni avf et!

Yagonam, Yagonam bizlarni avf et!

Yagonam, Ollohim bizlarni avf et!

Avf et! Avf et!

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Ozodbek Nazarbekov
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Kazakh
  • Genre:Folk
Ozodbek Nazarbekov
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved