Sogʻinib yuraman bilmaysiz
Yoʻlingiz kutaman kelmaysiz
Yo atay nazarga elmaysiz
Sizmi yor bevafo yoki men?
Sogʻingan men, unutgan siz
Yoʻqatgan men, quvongan siz
Sogʻingan menman , unutgansiz
Yoʻqatgan ham men, quvongan siz
Yuragim oʻrtanar, qiynalar
Sogʻinib azoblarda yonar
Koʻzlarim yoʻlingizda tolar
Sizmi yor beparvo yoki men?
Sogʻingan men, unutgan siz
Yoʻqatgan men, quvongan siz
Sogʻingan menman , unutgansiz
Yoʻqatgan ham men, quvongan siz
Qarangʻu tunlarda bedorman
Yoʻl qarab koʻzlari humorman
Dardiga davo yoʻq bemorman
Sizmi yor bedavo yoki men?
Sogʻingan men, unutgan siz
Yoʻqatgan men, quvongan siz
Sogʻingan menman , unutgansiz
Yoʻqatgan ham men, quvongan siz