Baxt o'zi nimadur, men bilolmadim
Sevgi nima ekan tushunolmadim
Ammo armonlarning azoblariidan
Qancha kurashsamam chiniqolmadim.
Bu dunyo sig'magan ikki ko'zimga
To'lib qoldi ikki tomchi achchiq yosh
Peshona deganga yozilgan ekan
Rohat emas faqat chidam va bardosh
Bu dunyo sig'magan ikki ko'zimga
To'lib qoldi ikki tomchi achiq yosh
Peshona deganga yozilgan ekan
Rohat emas faqat chidam va bardosh
Lekin men aylanmay dalli gadoga
Boshim baland qilib qo'shiq aytaman
Gar o'lsam yolvorib egam xudoga
Bu dunyoga qaytaman. (×2)
Shunda mening boshim yetib osmonga
Dilni anduhlardan ozod qilurman
Aldanib qolmasdan yomonlarga
Qanday yashashni o'zim bilurman.
Baxt o'zi nimadur men bilolmadim.