current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Azizim [Russian translation]
Azizim [Russian translation]
turnover time:2024-07-07 14:21:35
Azizim [Russian translation]

Azizim, koʻk ichra hiloling boʻlib,

Kelsang – gul, kelmasang madoring boʻlib,

Hayol ichra topgan haloling boʻlib,

Bir yorugʻ oʻylardan seni tiladim.

Azizim, eng shirin hayoling boʻlib,

Vaslingga talpingan ozoring boʻlib,

Yor boʻlib bir senga, ham zoring boʻlib,

Bir ogʻriq oʻylardan seni tiladim.

Sevgilim, sogʻingan timsoling boʻlib,

Tushlaringdan soʻrgan savoling boʻlib,

Aldasang-avrasang, uvoling boʻlib,

Ishonib seni bir baxtdan soʻradim. (2x)

«Azizim, tilagim tillolar boʻldi,

Nigohing, nigohing olovlar boʻldi,

Ishq degan boshimga balolar boʻldi,

Anbari boʻylardan seni tiladim.»

«Azizim, Shoh edim, gadolar boʻldim,

Jon edim, joningga fidolar boʻldim,

Sen menga boqmasang, adolar boʻldim,

Bir hazin kuylardan seni tiladim.»

Sevgilim, sogʻingan timsoling boʻlib,

Tushlaringdan soʻrgan savoling boʻlib,

Aldasang-avrasang, uvoling boʻlib,

Ishonib seni bir baxtdan soʻradim. (4x)

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Manzura
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Turkish, Azerbaijani, Kurdish (Kurmanji)
  • Genre:Pop
Manzura
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved