Taqdirmi yo hayot o'yini,
Yana ezdi dilni xayollar.
Taratadi chetda bo'yini,
Ayrim qizlar, ayrim ayollar.
Turkman qizdan rashklar qildim, men
Qopingizga g'ashlar qildim, men
Qadringizni Arshgda bildim, men
Jon qizlarjon, jonon ayollar.
Qasam edi hayo nomida,
Qo'l yetmasdi baland tomiga,
Qaydan tushdi nafsning domiga,
Bizning qizlar, bizning ayollar.
O'zimizga o'zlikka qayting,
Oftobdek sof yuzlikka ayting,
dardingizni o'zbekka ayting,
Jon ayollar, jonon ayollar.
Or-nomusni keltirmang dodga,
Vatan nomin qo'ymang isnodga,
Ermak bo'lmang o'zbekdan yotga,
Jon ayollar, jonon ayollar.
Ishq-vafoning taxti siz bilan,
Millat ko'rki ahdi siz bilan,
Er-yigitning baxti siz bilan,
Jon qizlarjon, jonon ayollar.
To'marislar axir o'zingiz,
Kumushbibi sizning qizingiz,
Jannat bo'lsin bosgan izingiz,
Jon qizlarjon, jonon ayollar.
Sizni ko'rib dunyo lol qolsin,
xavas qilib sovchilar solsin,
Dardingizni o'zbegim olsin,
Jon qizlarjon, jonon ayollar.