Ko‘zlarimga boq,
Rostini so‘zla,
Senga vafo etmadimmi?
Hammadan kechib,
Bir seni deya,
Ayt, balki xato qildimmi?
Men uchun yolg‘iz
Suyanchim eding,
Ishongandim senga dilimni,
Endi sen mendek
Xo‘rlanganingda
Men senga kerak bo‘ldimmi?
N a q o r a t:
Aldagan sen,
Tunlar dardli yig‘latgan sen,
Armonlarga yuzlatgan sen,
Ishontirib, ayt, nega ketding?
Aldagan sen,
Sensizlikka o‘rgatgan sen,
Yuragimni muzlatgan sen,
Unutganda, ayt, nega kelding?
Ko‘zlarimga boq,
Qanchalar bu dard
Azoblagan yuragimni.
Men yashar edim
Seni deb faqat,
Sezmas edim keragimni.
Ayt, nega kelding,
Yangilab yana
Unutilgan alamlarimni?
Sen emasmiding
Axir o‘shanda
O‘yin qilgan tuyg‘ularimni?
N a q o r a t:
Aldagan sen,
Tunlar dardli yig‘latgan sen,
Armonlarga yuzlatgan sen,
Ishontirib, ayt, nega ketding?
Aldagan sen,
Sensizlikka o‘rgatgan sen,
Yuragimni muzlatgan sen,
Unutganda, ayt, nega kelding? (2x)