Sendan na bir xabar
Na salom kelar bo'ldi
Yo'qsa o'rnim egallandimi?
Yo'lingga ekkanim sevgi gullari
Unutilib so'ldimi?
Taqdir bizni ayirsa-da bir kun
Qalblar bir bo'lar edi
Yo'qsa g'urbatning u yolg'on quchoqlari
Seni ham uxlatdimi?
Hoy, hoy, ketgan kunlar, hoy
Yeganimiz, ichganimiz ayri emasdi, xotirla
Hoy, hoy, ketgan kunlar, hoy
Qanchalar tez unutding u kunlarni ammo
Oyda, yilda bir bo'lsa ham aniq qo'ng'iroq qil
Ozgina vaqtingdan ajratgin
"O'ldingmi, qoldingmi?" deya so'ra ora-sira
Ismimni qalbingga yoz, meni unutma
Bugun u yuzingga kulgan do'st hisoblaganlaring
Ertaga yoningda bo'ladimi?
Yaxshi kunda turar, yomon kunda qochar-da
Qalbing azoblanmaydimi?
Unday bo'lsa qattiq quchoqla o'zingni
O'zingnikidan o'zga yo'lga qayrilma
Seni ko'ngildan sevganni qo'lingda tut
Xotirla doimo