current location : Lyricf.com
/
Songs
/
Alvido [Transliteration]
Alvido [Transliteration]
turnover time:2024-11-22 18:01:58
Alvido [Transliteration]

Alvido.

Sog‘inchga yo‘q davo,

Sabrga yo‘q toqat.

Tomog‘ingdan ovqat

O‘tmay qo‘yar ekan

Kelganda yolg‘izlik,

Ketganda bevafo,

Yetmas ekan hatto havo.

Alvido, alvido.

Chaqirmaydi qo‘ng‘iroq,

Suhbat qurishga yo‘q yaqin,

Yo‘q yiroq.

Faqatgina xonam uzra

Sochilib yotadi suratlaring

Va qarab turgan ko‘zlaring...

Kechagi kun

Hech qachon bo‘lmas bugun.

Ertangi kun

Hech qachon bo‘lmas kecha.

Qachongacha

Sevdim yuragim to‘rigacha?

Kechir mani tegib ketgan bo‘lsam

Joninggacha.

Daraxt edim barglari to‘kilayotgan,

Ketib, ildizimdan tortding

Nozik nuqtamni bilgan.

Qachonlardir gullab turar edik ikkimiz,

Hatto to‘g‘ri kelmasa ham.

Alvido, ko‘zlari qoram, so‘zlari donam.

Ketar bo‘ldi bevafo.

Alvido, ko‘zlari qoram,

Yetmadi nolam.

Ketar bo‘lding, bevafo,

Yuragimda sendan bo‘lgan jarohat,

Sen bilan mangu ketdi halovat.

Bir birimizga yoqmay qo‘ydik

Tunlar ham.

Alvido, alvido, alvido...

Alvido.

Hali sog‘inasan,

Kelib bir kun,

Yorug‘ kunlaringni yopganda qora tun.

…Qo‘llarimni sog‘ingan edi qo‘llaring,

O‘shanda menga aytgan so‘zlaringni esladim –

Kichkina xato hech qachon bo‘lmas katta,

Katta xato hech qachon bo‘lmaydi kichkina.

Kimdir katta xatolarni kechiradi,

Kimdir kichkinasini ham kechirolmaydi.

Senga faqat tilayman omad,

Sen esa mening omadimdan kuyarding faqat.

Agarda mayda-chuda narsalar bo‘lsa sabab,

O‘zga choram yo‘q tilashdan ortiq senga baxt.

Alvido! Baxt o‘tib ketdi bir zumda,

Endi hech qachon kutmayman derazang tagida.

Oldin har kun kutardim ko‘ray deb ko‘zlaring,

Bilsam, menga hatto qolmabdi so‘zlaring...

Alvido, ko‘zlari qoram, so‘zlari donam.

Ketar bo‘ldi bevafo.

Alvido, ko‘zlari qoram,

Yetmadi nolam.

Ketar bo‘lding, bevafo,

Yuragimda sendan bo‘lgan jarohat,

Sen bilan mangu ketdi halovat.

Bir birimizga yoqmay qo‘ydik

Tunlar ham.

Alvido, alvido, alvido...

Comments
Welcome to Lyricf comments! Please keep conversations courteous and on-topic. To fosterproductive and respectful conversations, you may see comments from our Community Managers.
Sign up to post
Sort by
Show More Comments
Ummon
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Uzbek dialects
  • Genre:Pop
Ummon
Latest update
Copyright 2023-2024 - www.lyricf.com All Rights Reserved